Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“EZGULIK - SHIORIMIZ, MA'RIFAT - QUROLIMIZ!”

×

 2024-03-14 13:17:10    180

PDF yuklash
Chop etish


 

Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan shahar va tumanlarda “Ezgulik - shiorimiz, ma’rifat - qurolimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari boshlandi. Unda poytaxtimizdan tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, taniqli olimlar, shoir hamda san’atkorlar ishtirok etmoqda.

Xususan, Qo‘shtepa tumani Madaniyat markazida tashkil etilgan tadbirda mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar, oila bekalari, fan, ta’lim, madaniyat kabi yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishgan qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda yoshlarning ma’naviy tarbiyasida ularning muhim o‘rin tutishi xususida so‘z yuritildi.

O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamidjon Toshpo‘latov, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Ahrorova, shoir Dilshod Rajab, xonanda Aziz Rajabiy va boshqalar ayollarga o‘z ehtiromini bildirdi. Tadbirda ayollarning xususan, qiz bolaning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qilishi qayd etildi.













 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram