Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BO‘STONNING QUROQCHI AYOLLARI

×

 2023-03-28 09:11:53    494

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Bo‘ston mahallasini “Quroqchilar” qishlog‘i deyishadi. Sababi mahallada 1077 nafar qirg‘iz millati vakillari istiqomat qilishadi. Mahallaning ayollari quroqchilik san’atini ajdodlardan avlodlarga yetkazib kelmoqdalar. Bu ish ustoz-shogird an’anasi darajasida davom ettirilayotganligi bois, o‘z samarasini berib, tobora ommalashib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, quroqchilik qadimiy kasb, milliy hunarmandchiligimizning betakror turlaridan hisoblanadi. Mayda bo‘laklarni ulab, bezak yaratish, shu usulda tayyorlangan bezak buyumlar namunasi quroqchilik deyiladi. Turli rang va shakldagi mayda mato parchalaridan buyum, bezak hosil qilinadi. Ko‘rpa, ko‘rpacha, choyshab, so‘zana, dasturxon, gilam va boshqa jihozlar qadimda shu usulda tayyorlanib, ajoyib san’at namunalari yaratilgan.

Hunarmand Nazokatxon Umarova 30 nafar ehtiyojmand ayollarni o‘z qanotiga olgan. Kasanachilik orqali ularning xonadonlariga daromad kirib bormoqda.

Bu yerda qishloq qizlari miliy hunarmandchilikning turli yo‘nalishlarini o‘rganishyapti. Bunday sa’y-harakatlarni rag‘batlantirish maqsadida mahalladagi hokim  yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilayotgan bo‘lsa, oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan mahsulotlarni sotishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bo‘stondagi quroqchi ayollar tikayotgan mahsulotlar ichki bozorda sotilayotgan bo‘lsa, bundan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda.






 

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram