Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA NAVRO‘Z SHUKUHI!
2023-03-18 17:16:26 661
Har yili xalqimiz azaliy va ezgu qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanishni to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘zi olamni o‘zgacha shukuh bilan qarshi oladi.
Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Navro‘z bayram sayli tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar ham ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirda Prezident Maktabida ingliz tili va xalqaro munosabatlar fanidan dars berib kelayotgan fan doktori Lohre Philip va boshqa xorijlik mehmonlar ham ishtirok etishdi.
Mehmonlar maktabda tashkil etilgan Navro‘z milliy bayramida ishtirok etish, o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan uchrashish hamda Qo‘shtepa ixtisoslashtirilgan maktabi bilan shartnoma tuzish, o‘z tajriba va bilimlarini yoshlarga o‘rgatish maqsadida tashrif buyurishdi. Uchrashuvda tuman rahbari ham bu taklifni qo‘llab-quvvatladi.
Mehmonlar bayram saylida ishtirok etishdi. O’quvchilarning qo‘l mehnati bilan yasalgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Mehmonlarga bahoriy taomlar, pishiriq va shirinliklar tortiq qilindi. Shuningdek, ularga milliy urf-odatlarimizga ko‘ra o‘zbek do‘ppisi kiydirildi.
Tadbir davomida maktabning faol o‘quvchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbiri o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan xalq qo‘shiqlari, o‘lan-u laparlar, milliy kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.