Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BAYRAMI NISHONLANDI
2023-03-07 16:00:29 406
Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni
Yasharish va yangilanish fasli bo‘lmish bahor mo‘’tabar onalarimiz, lobar opa-singillarimizning qutlug‘ ayyomlari bilan boshlanadi. Shu kunlarda tumanimizda ham 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun tumanimizning muhtasham “Istiqlol” madaniyat saroyida 8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tumanmanimizda barcha jabhalarda xususan, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat olib borayotgan ayollarimiz, qizlarimiz, shuningdek, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov so‘z olib fidoyi, mehridaryo xotin-qizlarni bayram bilan chin dildan qutladi va bundan keyingi mashaqqatli ammo sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, tadbir davomida Sohibaxon Aminovaga “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni va tuman hokimligining esdalik sovg‘asi tantanali ravishda topshirildi.
Tuman madaniyat bo‘limining hushovoz xonandalari tomonidan kuylangan qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, O’zbekiston xalq xofizi Ilxom Ibroximov, taniqli san’atkorlarimiz Baxodir Mamajonov, Abdujalil Qo‘qonov va “Navo” guruhining chiqishlari ham tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Bayram tadbiri “O’qchi saroyi”da davom etib, ayollarimiz uchun bayram dasturxoni yozildi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir tabriklar, kuy-qo‘shiq va raqslar bilan davom etdi.