Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SARHISOB: “HUNARMAND” UYUSHMASI QO‘SHTEPA TUMAN BO‘LIMI FAOLIYATIDAN
2023-01-31 08:57:37 316
Ajdodlarimiz uzoq yillardan buyon milliy hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘origa qut-baraka kiritgan, mehnati va yaratgan mahsuloti bilan odamlarga naf keltirgan. Bugungi kunda ham bu an’ana davom etmoqda. Muhimi, hunarmandlar har jabhada davlat g‘amxo‘rligini his qilib, mahsulot yaratmoqda. Qo‘shtepa tumanida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar ham o‘tgan 2022 yil davomida samarali mehnat qildilar.
Qo‘shtepa tumanida 450 nafar hunarmandlar faoliyat olib boradi. Ularning aksariyatini xotin-qizlar va yoshlar tashkil qiladi. “Hunarmand” uyushmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tgan yili 70 nafar ustaga 350 nafar shogirdlar biriktirildi. 5 nafar “Yoshlar daftari”da turuvchi yoshlar esa o‘zlariga berilgan imkoniyatlardan foydalanib, hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
“Hunarmand” uyushmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan 2022 yilda jami 300 taga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, hunarmandlar sonini oshirish, usta shogird maktablarini ko‘paytirish, ishsiz ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida 100 ta loyiha ishlab chiqildi va 25 ta hunarmandlarga 850 million so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Qo‘shtepada faoliyat olib borayotgan hunarmandlar hamda sohada erishgan yutuqlarini yana davom ettirishimiz mumkin, lekin o‘rni kelganda ularning yangi yildagi rejalari bilan ham tanishdik. Joriy yil davomida ish o‘rinlari sonini 1100 nafardan oshirish, usta hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan atlas va adras, a’lo baxmal mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.