Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMINING YANGI YIL BAYRAM TABRIGI VA SOVG‘ALARI TOPSHIRILDI

×

 2022-12-28 18:40:20    223

PDF yuklash
Chop etish


Yangi yil bayrami oldidan Qo‘shtepa tumanining ijtimoiy hayotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, uzoq yillar turli sohalarda mehnat qilgan nuroniy mehnat faxriylari yo‘qlandi.

Tuman hokimi Ilyosbek Novikov hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi boshlig‘i Turdali Kenjayevlar 1-sektor hududidagi mahallalarda bo‘lishib, nuroniylar va mehnat faxriylari holidan xabar olishdi.

Tuman hokimi Ilyosbek Novikov viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning nuroniylarimizga yo‘llagan Yangi yil tabriklarini o‘qib eshittirdi.

O’z o‘rnida ko‘pni ko‘rgan nuroniylarimiz davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun bo‘lishib, duoda bo‘ldilar.

Shuningdek, bugun tuman hokimi Ilyosbek Novikov 1-sektor hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogiroligi bo‘lgan fuqarolar xolidan ham xabar oldi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi va farzandlari uchun Yangi yil sovg‘alari ulashildi. 












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram