Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KAM TA’MINLANGAN, EHTIYOJMAND OILALARGA MODDIY YORDAM BERILDI
2022-12-27 15:14:28 184
#Inson_qadri_uchun
Qo‘shtepa tumanida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda og‘ir ahvoldagi bemorlarni sog‘ligini tiklashlari uchun ularga saxovat va ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu kunlarda Shomirza hamda Shahartepa mahallasidagi 5 nafar kam ta’minlangan, ehtiyojmand va bemorlarning davolanishi uchun mablag‘ zarurligi inobatga olinib ularga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Tuman hokimi I.Novikov va 3-sektor rahbari Sh.Mavlonovlar bugun ushbu xonadonlarda bo‘lib bemorlar xolidan xabar olishdi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari, farzandlari uchun yangi yil sovg‘alari, shuningdek xomiylarning moddiy yordamlari yetkazib berildi.
Tumandagi “Shahartepa Shomirza” MMTPga qarashli “Xomidbek Davronbek” fermer xo‘jaligi rahbari U.Xomidov, “Qahramon Murodil fayzi” fermer xo‘jaligi rahbari G’.Marasulov hamda “Sulaymonbek Yusupov” fermer xo‘jaligi rahbari O.Sulaymonovlar tomonidan Shomirza va Shahartepa mahallalaridagi 5 nafar kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga jami 16 million so‘m miqdorida moddiy yordam berildi.