Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMANDAGI BARCHA KORXONA VA TASHKILOT RAHBARLARI DIQQATIGA!
2022-12-23 12:53:46 153
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabr kunidagi “O’zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6065-son Farmoniga muvofiq viloyat IIB MvaFRB hamda uning quyi tizimlari tomonidan fuqarolariga ID-kartalari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib kelinmoqda.
O’tgan yillarda O’zbekiston Respublikasi eski shakldagi fuqarolik pasportini biometrik pasportga almashtirish jarayonlarida uzundan uzoq navbatlar va talaygina muammolar yuzaga kelganligi kuzatilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzundan-uzoq navbat kutish holatlarini oldini olish maqsadida, tumandagi barcha korxona va tashkilot rahbarlarini qo‘l ostingizdagi xodimlarni o‘zlariga tegishli amaldagi biometrik pasportlarini amal qilish muddatlari tugashini kutmasdan identifikatsiya ID-kartasiga almashtirishlik uchun joylardagi o‘zlariga qulay bo‘lgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘lim(bo‘linma)lariga jalb qilishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
S.BURXANOV,
Qo‘shtepa tumani IIB MvaFRB boshlig‘i mayor.