Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA ICHKI YO‘LLARGA TSEMENT-BETON QOPLAMALARI YOTIQIZILMOQDA

×

 2022-12-16 08:54:20    168

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani mahallalaridagi ichki yo‘llar obodonlashtirilmoqda. Xususan tumanda “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha mahallalar tanlab olinib, yo‘l, ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari yangi qiyofa kasb etayotgan bo‘lsa, qolgan mahallalarda ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida bosqichma-bosqich asfalt va beton qoplamasi yotqizish, shuningdek shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan Qiyqi mahallasidagi Sardoba, Katta boltako‘l mahallasidagi Yoshlik,  Paxtakor mahallasidagi Marg‘ilonsoy, Fayz mahallasidagi Oydinko‘l, Ko‘pirikboshi mahallasidagi Buloqboshi, Qo‘rg‘oncha mahallasidagi Yakkatut, Yangido‘kon mahallasidagi Sardoba, Qo‘rg‘oncha mahallasidagi Obodlik ko‘chalarida 6500 metr ichki yo‘llarga tsement-beton qoplamalari yotqizilishi rejalashtirilgan bo‘lib, byudjet mablag‘lari hisobidan 2660.9 million so‘m ajratildi.

Hozirgi kunga qadar ichki xo‘jalik yo‘llarining 5500 metr qismiga to‘liq tsement-beton qoplamalari yotqizildi. Qolgan 1000 metr qismida esa ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda.

 




 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram