Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2022-12-14 09:53:52 158
Ijtimoiy tarmoqlarda tez yordam mashinalari gaz quyisha olmayapti mazmunida videolavha tarqaldi. Sanasi noma’lum xabarda, mazkur holat Qo‘shtepa tumani gaz quyish shahobchasida ekanligi aytilgan. Ushbu murojaatga Respublika tez tibbiy yordam Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani tez tibbiy yordam bo‘limi tomonidan quyidagicha munosabat bildirildi: - “Shu yilning 13 dekabr kuni soat 6:00 larda Qo‘shtepa tumanidagi “Safe Fergana Gaz” MChJga qarashli quyish shahobchasida 2 dona “Tez yordam” avtomashinasi 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda gaz bilan ta’minlanib, xizmatga yo‘l olgan. Xabarda aytilgan 8 ta avtomashina va ularning uzoq vaqt kutib qolgani yolg‘on.
Shuningdek, bugungi kunda Qo‘shtepa tumanida 15 dona tez tibbiy yordam avtomashinalari bo‘lib, ular gaz va benzinga moslashgan. Chaqiruvlarga kechiktirilmaslikning oldini olish maqsadida tez tibbiy yordam avtomashinalari benzin zaxirasi bilan ta’minlangan.
Hozirda tez tibbiy yordam avtomashinalariga gaz quyish grafik asosida ta’minlanmoqda. Muammolar kuzatilgani yo‘q.
Shu o‘rinda fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlarda asoslanmagan ma’lumotlar tarqatmaslik, noo‘rin xulosaga bormasliklarini so‘rab qolamiz.”
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.