Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAYDOVCHILARGA VA PIYODALARGA QULAYLIK YARATILDI
2022-12-09 08:58:44 184
Qo‘shtepa tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan joriy yil qish mavsumida avtomobil yo‘llaridagi transport vositalari harakatini tartibga solish hamda ularning harakatlanishlariga qulaylik yaratish maqsadida jami 250 kilometr avtomobil yo‘lining 110 kilometr qismiga yo‘l chiziqlari chizildi.
Shuningdek, tansport vositalarining tartibli harakatini ta’minlash maqsadida 4N-922 Marg‘ilon shahar – tuman markazi avtomobil yo‘lining 8 kilometr va 4N 909 Paxtakor qishlog‘i – O’roqbolg‘a qishlog‘i – Oqbo‘yra qishlog‘i avtomobil yo‘lining 6 kilometr nuqtasidagi chorrahaga hamda 4R-127 Marg‘ilon – Soybo‘yi avtomobil yo‘lining 5.5 kilometr qismida va 4K 858 Marg‘ilon shahar – O’roqbolg‘a qishlog‘i A-373 avtomobil yo‘li qismlarida shu yo‘llarning bir biri bilan kesishmasida svetafor qurilmasi o‘rnatilib ishga tushirildi. Shu bilan bir qatorda Qo‘rg‘oncha MFY hududidaga 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Shodlik MFY hududidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldiga maktab o‘quvchilari hamda piyodalarga qulaylik yaratish va ko‘ngilsiz voqelarning oldini olish maqsadida ko‘chma svetafor qurilmasi o‘rnatilib ishga tushirildi.