Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OCHIQ DARSDA O‘QITUVCHI NOAN’ANAVIY TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANDI
2022-12-09 08:50:46 239
Umumta’lim maktablarida muntazam o‘tkazilib kelinayotgan fan oyliklari tadbirilari o‘quvchilarning fanlarga, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda. Maktablarning nafaqat yuqori sinf, balki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham juda katta qiziqish bilan fan oyliklari tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar.
Shuningdek, maktablarda fan oyliklari tadbirlaridan tashqari noan’anaviy ochiq darslar ham o‘tkazilmoqda. Ochiq darslarda ustozlar zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalanib, dars jarayonlarini tashkil qilishmoqda.
Shunday ochiq darslardan biri yaqinda Qo‘shtepa tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi. Maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Munojatxon Sulaymonova matematika fanidan 1-d sinf o‘quvchilariga “Sodda fazoviy shakllar” mavzusida ochiq dars o‘tdi.
Ochiq darsda o‘qituvchi o‘quvchilarning epchilligini, chaqqonligini yanada oshiruvchi, xotirasini mustakamlaydigan noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalandi.