Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QO’SHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O’TKAZILDI
2022-11-30 18:45:58 159
Tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining ellik beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tuman kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, siyosiy partiyalar va tashkilot rahbarlari, MFY raislari, tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan sessiyani tuman hokimi I. Novikov boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibidan Qo‘shtepa tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmonining 11-bandi ijrosi yuzasidan direktorligi bo‘shab qolgan tumandagi umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar o‘rin oldi.
Dastlab kun tartibidagi birinchi masala “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida sektor rahbarlarining axborotlari tinglandi.
Shuningdek sessiya davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmonining 11-bandi ijrosi yuzasidan direktorligi bo‘shab qolgan tumandagi umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlar masalasi hamda boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, sessiya kun tartibida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.