Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TASHABBUS NATIJASI: MAHALLALAR OBOD BO‘LMOQDA
2022-11-30 09:44:54 149
Ikki yildan buyon yurtimizda “Tashabbusli byudjet” doirasida ajratilayotgan mablag‘lar hududlarda yashovchi aholining yillar davomida yig‘ilib qolgan eng dolzarb muammolariga yechim bo‘lmoqda.
Qo‘shtepa tumanida ham bu borada olib borilayotgan ishlar hudud ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xususan tumandagi yonma-yon joylashgan Qorajiyda, Xo‘jaqishloq va Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar bu borada birdam va ahil bo‘lmoqdalar.
Ushbu mahallalarning aholisi mazkur loyihaning joriy yilgi birinchi mavsumida faol ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan o‘rin olishgan edi. Natijada Qorajiyda qishlog‘idagi elektr ta’minotini yaxshilash uchun 1 milliard 80 million so‘m mablag‘ ajratilib, ishlar o‘z nihoyasiga yetkazildi.
Ushbu loyihaning ikkinchi mavsumida esa g‘olib bo‘lgan Xo‘jaqishloq va Xalqobod mahallalariga hududlardagi ichki yo‘llarni asfaltlash uchun byudjetdan 1 milliard 200 million so‘mdan, jami 2 milliard 400 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Ayni kunlarda Xo‘jaqishloq mahallasidagi Nurli tong, Istiroxat, Xalqobod mahallasidagi Xamjihat, Shaffof, Gilamchi, Qorajiyda mahallasidagi Jasorat hamda Imkon kabi ko‘chalarning 7 kilometrdan ziyod qismida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish uchun ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Aholi esa yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan benihoyat mamnun.