Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
2022-11-29 16:04:51 217
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Yusupov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qo‘shtepa tumani vakili S.Nuriddinov, “Ismoil Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi A.Mirsaidov, shuningdek tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan tinchlik siyosati, inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va boshqa dolzarb mavzular to‘g‘risida fikr va takliflar bildirildi.
Shuningdek so‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, dinimizga zid bo‘lgan yot qarashlar, ekstremistik va terroristik oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir yakunida yig‘ilganlar e’tiboriga maxsus tayyorlangan “Soxta da’volar” nomli hujjatli film namoyish etildi.