Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 139 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA “1 OKTYABR – O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

×

 2022-09-29 14:10:07    167

PDF yuklash
Chop etish



1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi “Xosiyatxon xoji ona” tantanalar saroyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sektor rahbarlari, yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan pedagog o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar hamda faxriy o‘qituvchilar ishtirok etishdi.






Tadbir avvalida tuman hokimi Ilyosbek Novikov ustoz va murabbiylarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab, kelajak egalarimizga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, joriy yilda ta’lim sohasida erishgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi. 





Shundan so‘ng bir guruh ustoz va murabbiylarga faxriy yorliq va bayram sovg‘alari topshirildi.





To‘kin dasturxon atrofidagi gurung va suhbatlar tadbir ishtirokchilarini, ta’lim tizimi xodimlarini bir birlariga yanada yaqinlashtirdi.

Bayram tadbiri mehmonlarning dil so‘zlari hamda tuman Madaniyat uyi xonandalari va maktab o‘quvchilarining kuy-qo‘shiqlari bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram