Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YANGI O’ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!” SHIORI OSTIDA YOSHLAR FESTIVALI O‘TKAZILDI
2022-06-26 02:16:32 359
Tuman Madaniyat markazining sahnida tuman Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda sektor rahbarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari va Qo‘shtepalik yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni tuman hokimi Ilyosbek Novikov ochib berdi va yoshlarni bayram bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Shundan so‘ng kechaning asosiy qismi 2021-2022 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtidorli bitiruvchilariga oltin va kumush medallarini tantanali topshirish marosimi boshlandi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tumanda, viloyatda va respublikada o‘tkazilgan musobaqalarda faollik ko‘rsatgan va yuqori o‘rinlarni egallagan yoshlarga, o‘z faoliyatini samarali olib borayotgan yoshlar yetakchilariga, hamkor tashkilotlarga, yilning eng namunali sardorlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari, shuningdek, sektor rahbarlariga ham “Tashakkurnoma”lar topshirildi.
Bayram tadbiri davomida gala kontsert ham bo‘lib o‘tdi. Kechaga elimiz ardog‘idagi san’atkorlarning tashrifi va ular tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar bayramona kayfiyat ulashdi. Bundan tashqari tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlarining chiqishlari ham tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.