Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 183 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANDA ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

×

 2022-02-16 08:31:25    189

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tuman elektr ta’minoti korxonasi o‘z iste’molchilariga 10 dona 110/35/10 kV kuchlanishli podstantsiyalar, 1332 km 0,4-6-10 kV elektr uzatish liniyalari va 427 dona transformator punktlari orqali elektr energiyasi yetkazib beradi.

2021 yilda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturiga asosan mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.

O’tgan 2021 yilda umumiy hisobda tumanda 18 dona turli quvvatdagi transformator punktlari va 63.8 km uzunlikda yangi elektr uzatish tarmoqlari qurib ishga tushirildi.





Budan tashqari tuman hokimligi tomonidan “Ochiq byudjet” tamoyili asosida Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘inidagi TP-155 va TP-157 larga qo‘shimcha 2 dona quvvati 250 kVA bo‘lgan KTPS rusumidagi transformator punktlari uchun mablag‘ ajratilib, mazkur transformatorlar o‘tgan yilning noyabr oyida ishga tushirildi.

Qolaversa, korxona tasarrufidagi 51 ta transformator punkti va 122 km 0.4-10 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari mukammal ta’mirlandi.

Tumandagi 41 mingdan ziyod aholi xonadonlari va 1700 dan ziyod ulgurji iste’molchilarga elektr energiyasi hisobini nazorat qilishni avtomatlashtirilgan tizimiga mos keluvchi zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatildi.

Mazkur tadbirlar natijasida 8755 ta aholi va 89 nafar ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilandi.



2022 yil davomida aholini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yaxshilash maqsadida 18 dona yangi transformator punktlari o‘rnatish, 69.4 km elektr uzatish liniyalarini yangilash dasturi tasdiqlangan. Hozirda O’qchi, Qumtepa, Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inlarida qurilish ishlari olib borilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram