Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTONDA ILK BOR AHOLI RO’YXATDAN O’TKAZILADI

×

 2021-12-09 15:42:01    114

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq respublikamizda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

O’zbekistonda mustaqillik yillarida hali biror marta bunday hisob-kitob ishlari olib borilmagan, so‘nggi bor sobiq ittifoq davrida, aniqrog‘i, 1989 yilda o‘tkazilgan edi. Holbuki, xalqaro tajribadan ma’lum, ko‘pgina mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish tadbiri kamida har o‘n yilda bir marotaba o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Respublikamizda ham endi ana shunday muhim jarayon yo‘lga qo‘yiladi.

Xo‘sh, aholini ro‘yxatga olish tadbiri ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bizga nima beradi?

Birinchidan, aholini ro‘yxatga olish mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika byudjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektrenergetika, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ahamiyatga ega. Bir so‘z bilan aytganda, qaysi sohada bo‘lmasin, hatto, kelajakni bashorat qilish zarur bo‘lgan hollarda ham, aholini ro‘yxatga olish natijalarisiz ish tutib bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, undan aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari)ni hisoblashda foydalaniladi.

Uchinchidan, aholi ro‘yxati respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash hamda oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

To‘rtinchidan, mazkur ma’lumot aholi punktlari infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bunday ma’lumotlar ilm-fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun ham zarur. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram