Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYA QONUN IJODKORLIGINING TAMAL TOSHI

×

 2021-11-29 20:14:40    702

PDF yuklash
Chop etish





Konstitutsiya qonun ijodkorligining tamal toshi va qonunlarning ustuni desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Konstitutsiya so‘zi – lotincha “Constitution” so‘zidan olingan bo‘lib, tuzilish, tuzuk degan ma’nolarni anglatadi”[1].

  O’zbekiston davlatchiligi tarixida asosiy qonun 4 marta qabul qilingan. Konstitutsiyada fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat tuzilishi, shakli, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolatlari va tuzish tartibi, sud tizimi va boshqa yetakchi munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.

  O’zbekistonda mustaqillik uchun kurash harakatlari barobarida o‘z konstitutsiyasini yaratish ishlariga kirishilgan. 1990 yilda birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan asosiy qomusimizning yaratish g‘oyasi ilgari surilgan va Konstitutsiya loyihasini tuzish uchun komissiya tuzilgan. 2 yil davomida olib borilgan harakatlar va izlanishlar natijasida 1992 yil 8 dekabrda 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

  Konstitutsiyamizning muqaddimasida “O’zbekiston xalqi:

inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib,

hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda,

o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib,

demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib,

xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda,

respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib,

insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab,

fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida,

o‘zining muxtor vakillari siymosida O’zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi” deb belgilab qo‘yilgan.

  Jumladan, Konstitutsiyada davlat shakliga ham alohida urg‘u berilib, 1-moddada “O’zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O’zbekiston Respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi” deb belgilangan.

  Shuningdek, Konstitutsiyada davlat boshqaruv shakli, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarni shakllantirish tartibi va vakolatlari, O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, sud tizimi, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi kabi munosabatlarni tartibga solishda asosiy qonun bo‘lishni o‘zida namoyon qilgan.

Bosh qomusimizning asosiy o‘ziga xos jihatlaridan biri Konstitutsiyada belgilangan normalarning imperativ harakterga ega ekanligidir. Bunda qabul qilingan normalar o‘zgarmas va qat’iy hisoblanadi.

  Bundan tashqari, mahallalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi, vijdon erkinligi kafolatlanishi va boshqa huquqlarni Konstitutsiyaning o‘ziga xos jihatlar safiga kiritish mumkin.

  Mustaqillik yillarida Konstitutsiyamizni yanada takomillashtirish maqsadida unga 16 marta tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

  Xulosa qilib aytganda, har bir davlat o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini Konstitutsiyasiga asosan qabul qiladi va unga muvofiqlashtirib borib, davlat va jamiyatdagi o‘zaro ijtimoiy munosabatlar tartibga solinishida Konstitutsiya asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

A.Madaminov,

Farg‘ona viloyat sudi raisi o‘rinbosari,

  S.Xoliqov,

Farg‘ona viloyat sudining Arxiv mudiri.

[1] Constition.uz sayti Konstitutsiyamizning yaratilishi tarixi maqolasi





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram