Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 207 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-29 19:39:06    120

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 28-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada tahsil olayotgan o’quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta'lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo’shimcha fan to’garaklari foliyatini ta'minlash bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.


27-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilgan qurilish-ta'mirlash ishlari o’rganilib, mas'ul rahbarlarga qurilish ishlarida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 87-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida bo’lgan tuman rahbari muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Mas'ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Sektor rahbari aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarini aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi. Qabul davomida 10 nafar fuqarolar 12 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflarni o’rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.


Tadbirkor D.Madiyorov tomonidan Qizilariq mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan mebel ishlab chiqarish tsexi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabr kungi “Oila insitutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 820-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda tumanda oilaviy ajrimlarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samardorligini oshirish maqsadida Yoshlar markazida hamkor tashkilot rahbarlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi tomonidan oilaviy ajrimlarga sabab bo’layotgan omillarni chuqur o’rganish hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yakka tartibda ishlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram