Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 203 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH BOSHLANDI

×

 2021-10-18 14:28:05    144

PDF yuklash
Chop etish



Saylov kuni o’z yashash joyida bo’lish imkoniyatiga ega bo’lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Mamlakatimiz hayotidagi katta siyosiy jarayon — Prezident sayloviga ham sanoqli kunlar qoldi. Joriy yilning 24 oktyabr kuni o’tkaziladigan Prezident sayloviga Qo’shtepa tumanidagi saylov uchastkalarida ham qizg’in hozirlik olib borilmoqda. 


14 oktyabrdan boshlab saylov kuni o’z yashash joyida bo’lish imkoniyatiga ega bo’lmagan saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berishi boshlandi. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo’la olmasligining sabablari (ta'til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko’rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi.

Shu kungacha tumandagi mavjud saylov uchastkalarida 1500 nafardan ziyod saylovchilar muddatidan oldin ovoz berdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram