Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA ALKOGOLLI MASTLIK HOLATIDA BO’LGAN SHAXSLARGA TIBBIY YORDAM KO’RSATISH PUNKTI FAOLIYATINI BOSHLADI

×

 2021-08-31 14:19:33    148

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida joriy yilning o’zida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Vatanimiz Mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida qaytadan mukammal ta'mirlangan va yangi qurib bitkazilgan juda ko’plab inshoaatlar foydalanishga topshirilmoqda.


Tumanimizda Alkogolli mastlik holatida bo’lgan shaxslarga tibbiy yordam ko’rsatish punkti o’z faoliyatini boshladi va ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Bo’lib o’tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, mutasaddi idora rahbarlari, shuningdek, tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar.


Alkogolli mastlik holatida bo’lgan shaxslarga tibbiy yordam ko’rsatish punktini qurib bitkazish uchun mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 499 million so’m ajratildi. Qurilish ishlari o’z nihoyasiga yetkazilib, bugun barcha qulayliklarga ega bo’lgan zamonaviy va shinam tibbiy yordam ko’rsatish punkti o’z faoliyatini boshladi.


Tadbir davomida ishtirokchilar bu yerda yaratilgan barcha shart-sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram