Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AYOLLARGA HUQUQIY MASALAHATLAR BERILDI

×

 2021-08-04 13:37:24    177

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’inida Yo’ldoshobod va Qayrag’och mahallalarida istiqomat qiluvchi 22 nafar muammoli, huquqiy maslahatga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Bundan ko’zlangan maqsad ularning muammolarini o’rganish hamda haq-huquqlarini himoya qilish, shuningdek huquqiy savodxonligini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdir.

Tadbirda tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova va viloyat “Mehrjon” Ayollar va Bolalar markazi tomonidan tashkil qilingan yuridik markazi huquqshunosi Sh.Abdurazzoqovalar ishtirok etishdi.


Muloqot chog’ida ishtirokchilarga davlatimiz tomonidan xotin-qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilib, ularni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga ko’mak berish, zo’ravonlik va tayziqlardan himoya qilish, gender tengligi masalalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot va tushunchalar berildi.

Ishtirokchilarning ijtimoiy nafaqa, imtiyozli uy-joy olish, mulkiy nizolar, oilaviy kelishmovchiliklar masalasidagi so’rovlari eshitilib, mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar va tavsiyalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram