Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2021-06-26 22:58:39 181
Bugun Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash hamda tizimli hal etish maqsadida 1-sektor shtabi boshqaruv ofisi a'zolari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Tuman hokimi ishchi guruh a'zolari tomonidan aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholini tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Tuman hokimi rahbarligida Karnaychi mahalla fuqarolar yig’inida “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda hududdagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash maqsadida g’alladan bo’shagan maydonlardan takroriy ekin ekish uchun yer maydonlari ajratib berildi.
Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 27-umumta'lim maktabida bo’lgan I.Novikov muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sektor rahbari Tibbiyot birlashmasiga qarashli “O’qchi” shifokor xizmat uyida bo’lib, muassasada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko’rsatish sifati hamda tashkil etilgan ijtimoiy dorixona faoliyati bilan tanishdi. Muassasada aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan g’alla hosilini nes-nobud qilmay yig’ishtirib olish hamda belgilangan rejani bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish maqsadida tuman rahbari g’alla o’rilayotgan yer maydonlarida bo’ldi. Mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi olib borilayotgan maydonlarda yong’in xavsizligi va g’allani talon-taroj etilishini oldini olish hamda davlat omborlariga belgilangan tartibda yetkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Farg’ona viloyati prokurori B.Ismoilov rahbarligida tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun yetishtirilayotgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Farg’ona viloyati prokurori B.Ismoilov tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, tuman rahbari tomonidan qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida joylarda paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni belgilangan tartibda bajarilishi yuzasidan yig’ilishlar o’tkazildi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.