Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ER UCHASTKALARINI AJRATISHNING – YANGI TARTIBI

×

 2021-06-16 15:59:40    191

PDF yuklash
Chop etish



Xabaringiz bor, joriy yilning 8 iyun kuni Prezidentimizning “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo’lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6243-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon 18-banddan iborat bo’lib, Farmon bilan Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ishlab chiqilgan yer to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha takliflar ma'qullandi.

Shuningdek, Farmon bilan 2021 yil 1 avgustdan boshlab;

- yer uchastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;

- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga bo’lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;

- ijaraga olingan yer uchastkalarda qonunchilikda belgilangan tartibda qurilgan ko’chmas mulk ob'ektiga mulk huquqi boshqa shaxsga o’tgan taqdirda, ushbu ob'ektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylashgan yer uchastkasiga bo’lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o’tadi;

- qishloq xo’jaligiga mo’jallangan yerlar barcha turdagi qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ishtirok eta oladigan, natijalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadigan ochiq elektron tanlov yakunlariga ko’ra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi;

- qishloq xo’jaligiga mo’jallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auktsion orqali realizatsiya qilinadi;

- davlat tashkilotlariga yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;

- barcha hollarda yer uchastkalari faqat bo’sh turgan va zaxiraga olingan yerlardan ajratiladi, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning o’zida yer uchastkasini olib qo’yish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish yer berish tartibini buzish hisoblanadi va qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi;

- davlat-xususiy sheriklik loyixalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyixalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi, ushbu yerlar davlat-xususiy yoki ijtimoiy sheriklik to’g’risidagi bitimning amal qilish muddatiga xususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin;

- ko’p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar ko’p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqa huquq bilan tegishli bo’lmasa, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi tartibi joriy etilishi belgilandi.

Farmonning 4-bandiga ko’ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid quyidagi vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinadi.

Xususan, yer uchastkalarini to’g’ridan to’g’ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlantirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo’l bilan tasarruf qilish, bundan mazkur Farmonga muvofiq yer uchastkalarini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanishga ajratish, ochiq tanlov yakunlarini tasdiqlash, ijara shartnomasini imzolash, yer uchastkalarini xususiylashtirish natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha vakolatlari mustasno;

- tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni belgilash, e'tirof etish, o’zgartirish, bekor qilish;

- sug’oriladigan yerlarni sug’orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug’orilmaydigan qishloq xo’jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o’tkazish;

- jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun yer berish;

- xususiylashtiriladigan yer uchastkalariga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash.

Shuningdek, qonun hujjatlarida ushbu Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021 yil 1 avgustdan to’liq bekor qilinadi.

Davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalarini to’g’ridan-to’g’ri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish taqiqlanishi belgilandi.

Farmonning 9-bandi bilan yer to’g’risidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashi va joylarda hududiy kengashlar tashkil etilib, ularning tarkibi tasdiqlandi.

Bosh prokuratura, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari tegishlicha Respublika kengashi va hududiy kengashlarning ishchi organi hisoblanadi.

Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlariga ushbu Farmon bilan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda O’zbekiston Respublikasi YEr kodeksining 36-moddasiga muvofiq ushbu yer uchastkalariga bo’lgan huquqni bekor qilish, o’zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan to’g’ridan-to’g’ri sudga murojaat qilish huquqi berildi.

Ushbu Farmon bilan yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta'minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlari ob'ekti sifatida erkin muomalaga kiritishga erishiladi.

Xusniddin BOYNAZAROV,

Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram