Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPADA “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALI BO’LIB O’TDI
2021-05-29 12:20:53 160
Mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni umuminsoniy va milliy, oilaviy qadriyatlar, yuksak odob-ahloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, har tomonlama barkamol, iqtidorli qizlarni aniqlash va rag’batlantirish, ularni munosib taqdirlash eng muhimi yosh avlod o’rtasida eng muqaddas zot hisoblangan Onalarga ehtirom va hurmat ko’rsatish, barcha onalarni e'zozlash maqsadida viloyat hokimi qarori bilan barcha hududlarda “Onalarga ehtirom” festivali bo’lib o’tdi.
Qo’shtepa tumanidagi Madaniyat markazida “Onalarga ehtirom” festivalining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Tuman hokimi I.Novikov, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o’tgan tadbirga 51 ta mahalla fuqarolar yig’inidan kelgan onaxonlar taklif etildi.
Festivalning tuman bosqichi katta tantanalar bilan tashkil etildi. Tadbir davomida 25 ta nominatsiyalar bo’yicha tuman bosqichida g’olib bo’lgan onaxonlarga, shuningdek, faol ayollarga tuman hokimligining faxriy yorliqlari, esdalik sovg’alari va guldastalar topshirildi.San'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi esa yig’ilganlarga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.
Onaxonlar yurtga tinchlik, dasturxonlarga to’kinlik tilab, duoga qo’l ochdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.