Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

USTA-SHOGIRD AN'ANALARI DAVOM ETADI

×

 2021-05-04 22:43:47    226

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanining Sarmozor mahallasida yashovchi hunarmand Akramxon Yunusov sakkiz yildirki misgar-kandakorlik  bilan shug’ullanib kelmoqda.

Bu ishda unga o’g’llari yordam beradi. Farzandlari – Muhammadalixon va Muhammadyusufxon ota izidan bormoqdalar. Ular hali yosh bo’lishlariga qaramay darsdan bo’sh vaqtlarida bu san'atning zahmati va sirlarini otasidan o’rganmoqdalar.


Akramxon Yunusov o’z asarlarida noyob mis buyum yasash texnalogiyasini tikladi. Hunarmand hozirda ularni san'at darajasiga olib chiqmoqda. Uning ustaxonasidan tarixiy mis buyumlardan tortib, bugungi kunimizning zamonaviy buyumlari ham joy olgan. Hozirda u “Hunarmand” uyushmasi Qo’shtepa tumani bo’limining misgar-kandakorlik yo’nalishidagi a'zosi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.


Bugun tuman hokimi Ilyosbek Novikov hunarmand Akramxon Yunusovning ustaxonasida bo’lib, uning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tuman hokimi hunarmandga yaratilayotgan mis idishlar turlarini oshirish hamda tumanimizda usta-shogird an'analarini davom ettirish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram