Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BIR HOVUCH TUPROQ-BIR KOSA OLTINGA TENGDIR
2021-04-28 17:22:21 162
Yurtimizda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Aholi tomorqasidan samarali foydalanishga qaratilgan e'tibor sabab, nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi ortmoqda, balki oilalarning turmush farovonligi, daromadi ham yuksalmoqda.
Shu munosabat bilan Qo’shtepa tumani hokimligi, tuman Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida “Tomorqadan samarali foydalanish” bo’yicha o’quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Tumanimizda 40200 ta xonadon mavjud bo’lib, 2765 gektar ekin yerlari bor. Shundan 1701 gektar maydonga asosiy ekin sifatida sabzavot ekinlari ekilgan.
O’quv seminar ishtirokchilari Shodlik mahalla fuqarolar yig’ini O’zbekiston ko’chasida yashovchi Odiljon Qo’ldoshevlar xonadoniga tashrif buyurishdi.
Ahamiyatli jixati shundaki, “Qo’shtepa tomorqa xizmati” MChJ tomonidan aholiga 2 sotix yerga 2 million 600 ming so’m evaziga ixcham issiqxona qurib berilmoqda. Odiljon Qo’ldoshevlar oilasi ham bankdan olingan kredit mablag’i hisobiga issiqxona qurdi. Bugungi seminar ishtirokchilari ushbu ixcham issiqxonadan yiliga 4 marotaba hosil olish hamda ekilgan ekinlarni parvarishlash jarayonlari bilan tanishdilar.
Ko’pincha hamyurtlarimiz pul topish, yaxshi yashashni orzu qiladiyu, ammo oyog’i ostidagi yerdan unumli foydalanishni o’ylab ham ko’rmaydi. Odiljon Qo’ldoshev singari yer bilan tillashgan insonlar esa bir hovuch tuproq-bir kosa oltinga teng ekanligini allaqachon anglab yetganlar.
Ushbu xonadon a'zolari 8 sotix tomorqaga uzum, katoshka, pomidor, bulg’or, qalampir, ko’k piyoz kabi sabzavotlarni ekib, yerdan unumli foydalanib kelmoqdalar. Pomidor ko’chatlari sotilib, xonadon egalari tomorqaning birinchi daromadini olishdi.
Bugungi seminarda qatnashgan Furqat, Oltiariq, Quva tumanlari Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi mutaxassislari va mahalla fuqarolar yig’inlari raislarining o’rinbosarlari tomorqadan unumli foydalanish bo’yicha bilimlarini oshirdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.