Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KERAKLI TAVSIYA VA KO’RSATMALAR BERILDI
2021-04-17 17:34:18 182
Qo’shtepa tumani hokimining maslahatchisi U.Xolmatov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekovlar ishtirokida O’zbekiston Respublikasining "Reklama to’g’risida"gi, “Davlat tili haqida”gi hamda “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 104-sonli "Tashqi reklama bozorini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori ijrosi bo’yicha Qamishtepa, Sohibkor, Shahartepa, Dehqonobod, Istiqlol hamda Mumtoz mahalla fuqarolar yig’inlari hududidagi targ’ibot vositalari, tashqi reklamalar, ko’rgazmali boshqa axborot matnlarining qonun talablariga mosligi o’rganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlik sub'ektlariga muddatlar belgilanib, kerakli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, hozirgi kunda, bukmekerlik va totalizatorlarda sport o’yinlari natijasiga pul tikib, yutuq olish imkoniyati va'da qilinayotgan (1XBET) o’yinlarni reklamasi ham tuman hududida ko’payib bormoqda. Mazkur reklama vositalari egalariga ham ushbu reklamalarning ommaga, ayniqsa yoshlar ma'naviyatiga zid ekanligi yuzasidan tushuntirish va targ’ibot ishlari amalga oshirildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.