Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-04-16 20:41:08    203

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun qizil hududdagi Langar mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. Ishchi guruh tomonidan hududda o’tkazilayotgan o’rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimining Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Qabul davomida 8 nafar fuqarolar 9 ta masalalar bilan tuman hokimiga murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflarni o’rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.



Tuman rahbari 39-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quv jarayonlari va qo’shimcha fan to’garaklar faoliyati bilan tanishdi. Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'limga kirish ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o’quvchilarni qiziqishlariga asosan qo’shimcha dars mashg’ulotlari tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman hokimi I.Novikov “2020-2021 yillarga mo’ljallangan investitsiya dasturi” doirasida yangi qurilayotgan Borot mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 3-sonli, Qo’rg’oncha mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 27-sonli hamda “Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi” mablag’lari hisobidan yangi qurilayotgan Dehqonobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 9-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo’lib, muassasalarda olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan muassasalarda olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan ma'sul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Sardoba ko’za plast” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lgan sektor rahbari korxona tomonidan yangi loyihani amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan plastik mahsulotlar sifatini hamda ishlab chiqarish xajmini oshirish bo’yicha qo’shimcha ishlar olish yuzasidan takliflar berildi.


Tumanda faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi hamda chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli o’tkazilishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga chigit ekish mavsumni uyushqoqlik bilan o’tkazish hamda g’alla parvarishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram