Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FOTOREPORTAJ: BOLAJONLARNI BOG’CHAGA QAMRAB OLISH ENG MUHIM VAZIFA

×

 2021-04-14 17:36:51    183

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida maktabgacha ta'limga bolalarni qamrab olish darajasi yildan yilga ortmoqda. Hududlarda maktabgacha ta'lim maskanlarini ko’paytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi xususiy bog’chalar tashkil etilayotir.

Tumandagi bolajonlarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilib, bugun ham 2 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.


Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ochilishida viloyat hokimi o’rinbosari F.Qosimov, tuman hokimi I.Novikov, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig’i Yu.Xodjayeva, tuman hokimi o’rinbosarlari hamda Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiya raisi T.Madumarov boshchiligidagi bir guruh Senatorlardan iborat Ishchi guruh vakillari ishtirok etdilar.


Paxtakor mahalla fuqarolar yig’inidagi Pedagogika kolleji qoshida 120 o’ringa mo’ljallangan 12-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu ta'lim tashkilotining qurilishiga mahalliy byudjet hisobidan 510 million so’m mablag’ sarflanib, zamonaviy tipdagi ta'lim tashkilotiga aylantirildi. 


Yangihayot mahallasi tumanimizning eng chekka hududlaridan biri hisoblanadi. Bugungi chiroyli va zamonaviy, barcha qulayliklarga ega maktabgacha ta'lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi mahalla ahli uchun chinakam tuhfa bo’ldi. Ushbu hursandchilik tadbirga yig’ilgan katta-yu kichikning yuzidagi tabassumdan va tillaridagi shukronalikdan sezilib turdi.


Tadbir ishtirokchilari muassasadagi shart-sharoitlar bilan tanishib, tarbiyachilar bilan suhbatlashdilar.  


Tumanda maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini oshirish orqali bolalar qamrovini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, bolalar qamrovidan kelib chiqib,  Langar mahalla fuqarolar yig’inidagi 8-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qo’shimcha 90 o’rinli yangi tipdagi zamonaviy konteyner guruhlar qurib foydalanishga topshirildi. 


Tadbir ishtirokchilari yangi tipdagi zamonaviy konteyner guruhlarda ham bo’lib, maktabgacha ta'lim tashkilotidagilarning quvonchlariga sherik bo’ldilar. Guruhlardagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.


Ushbu ta'lim tashkilotlariga tumandagi 210 nafar 3-7 yoshlilar qamrab olinadi va 20 nafardan ortiq fuqarolar ish bilan taminlanadi. Eng quvonarlisi, ishga olinganlar orasida mahallalardagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar ham bor.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram