Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPALIK QIZLAR O’ZBEKISTON CHEMPIONI BO’LDILAR

×

 2021-04-13 14:36:10    119

PDF yuklash
Chop etish



Sportning basketbol turi bo’yicha ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionatining 1-liga bahslarining final bosqichi Navoiy viloyatida bo’lib o’tdi.

O’tkazilgan musobaqalarda viloyatimiz sha'nini Qo’shtepa tumanidagi 15-umumiy o’rta ta'lim maktabining o’quvchilaridan tashkil topgan jamoa a'zolari himoya qildilar.


Final bahsida qizlarimizning qo’li baland kelib faxrli 1-o’rinni egalladilar va O’zbekiston chempionligini qo’lga kiritdilar.


E'tiborli jihati shundaki, O’zbekiston chempioni bo’lgan qizlarimizning 9 nafari Jismoniy tarbiya fakulteti mavjud bo’lgan oliy o’quv yurtlariga davlat granti (byudjet) asosida o’qishga kirish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Bugun maktabda quvonchli kun bo’ldi. Chempion qizlarimiz musobaqani yakunlab maktabga qaytdilar va ularni kutib olish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu tantanali marosimga Qo’shtepa tumani yoshlar agentligi rahbari A.Abdumalikov, jismoniy tarbiya bo’limidan E.Usmonov, Yangi do’kon mahalla fuqarolar yig’ini raisi R.Yuldasheva hamda chempion qizlarning ota-onalari tashrif buyurdilar. 


Tadbir ishtirokchilari jamoa murabbiysi A.Yusupov hamda jamoa a'zolari Sh.Mo’sajonova, N.Mamajonova, Z.Xayitova, M.Adxamova, N.Xabibullayeva, Sh.Olimjonova, M.Xakimjonova, O.Aminova, M.Ergashevalarni zo’r hayajon bilan kutib oldilar.


Tadbirda so’z olganlarning barchasi jamoa a'zolarini ulkan g’alaba bilan qutlashib, kelgusida bundanda yuqori cho’qqilarni zabt etishlariga tilak bildirdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram