Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHMA MAJLIS BO’LIB O’TDI
2021-02-27 18:56:14 181
Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlarining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari saylovi bo’yicha qo’shma majlisi bo’lib o’tdi.
O’tkazilgan majlis ishida Qo’shtepa tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham qatnashdilar.
Majlis kun tartibiga bitta masala — bugungi kunda Farg’ona viloyati bo’yicha bo’shab qolgan ikkita o’ringa Oliy Majlis Senati a'zolarini saylash masalasi kiritildi.
Sanoq komissiyasining hisobotiga ko’ra, 2-Mirzo Ulug’bek saylov okrugi bo’yicha xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 31-Quva saylov okrugi bo’yicha viloyat kengashi deputati, viloyat ona va bola skrining markazi direktori Manzura Salimova Oliy Majlis Senati a'zosi etib saylandilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.