Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI YO’LGA QO’YILMOQDA
2021-02-08 15:14:02 214
Prezidentimiz barcha darajadagi rahbarlarga faoliyati davomida eng quyi tizim – mahalladagi aniq holatni o’rganishni muhim vazifa sifatida belgilab berayotgani bejiz emas.
Bu yurtimizdagi har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mahallaning «o’sish nuqta»larini aniqlash imkonini beradi. Shu asosda har bir mahallaning o’ziga xos hayot tarzidan kelib chiqib, hududlarni rivojlantirish dasturlari va kambag’allikni qisqartirish rejalari ishlab chiqiladi.
Bugun "Mahallabay" ishlash tizimida viloyatda, qolaversa tumanimizda yangi tajriba yaratilmoqda. Kambag’allikni qisqartirish, aholini daromad topishiga ko’maklashish choralari ko’rilmoqda.
Tuman hokimligining majlislar zalida “Mahallabay” ishlash tizimini yo’lga qo’yishni tashkil etish to’g’risida” o’quv seminar tashkil etildi.
Tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari, tumandagi tijorat banklari filiallari rahbarlari va mahallalarga biriktirilgan mas'ul bank xodimlari ishtirok etdilar.
O’quv seminarda tuman hokimi I.Novikov va viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Yu.Xusainovlar ham qatnashdilar.
Seminar davomida ishtirokchilarga “Mahallabay” ishlash tizimini joriy etishning mazmun-mohiyati va ko’zlangan maqsadlari haqida tushunchalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.