Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI
2021-01-06 17:55:54 210
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov Madaniyat markazida tumandagi yoshlar bilan suhbatlashdi.
Ushbu tadbirda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman prokurori M.Shomurodov hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.
“Hokim va yoshlar” uchrashuvida tumandagi 75 nafar yoshlar ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Uchrashuvda tashabbuskor va faol yoshlar o’zlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqida ochiq-oydin gapirdilar. Berilgan savollarga tuman hokimi tomonidan atroflicha javoblar birildi.
Shuningdek, kredit va bandlik masalalarida murojaat qilgan yoshlarning muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.