Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

×

 2021-01-06 17:55:54    124

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov Madaniyat markazida tumandagi yoshlar bilan suhbatlashdi.

Ushbu tadbirda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman prokurori M.Shomurodov  hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdilar.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvida tumandagi 75 nafar yoshlar ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Uchrashuvda tashabbuskor va faol yoshlar o’zlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqida ochiq-oydin gapirdilar. Berilgan savollarga tuman hokimi tomonidan atroflicha javoblar birildi.

Shuningdek, kredit va bandlik masalalarida murojaat qilgan yoshlarning muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.   

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.