Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAJBURIY IJRO BYUROSI FAOLIYATIDAN: ALIMENT PULLARI UNDIRIB BERILDI

×

 2020-12-24 10:37:59    253

PDF yuklash
Chop etish


Jamiyatni ich-ichidan kemiradigan illatlardan biri bu oilaviy ajrimlar, er-xotinning ajralishidir. Ajrimdan so’ng ayollarimiz sobiq turmush o’rtog’idan aliment undirishda turli muammo va qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Chunki ba'zi otalar negadir farzandiga aliment to’lashdan bo’yin tovlab, o’z mas'uliyatini unutib qo’ymoqda. Shu o’rinda er va xotinning kelishmovchiligi sababli ajrashishi yoki birga yashamasligi tufayli qachongacha farzand aziyat chekishi kerak degan savol tug’iladi? Afsuski, bu savolga hanuzgacha aniq javob yo’q...

Yuqoridagidek noxush xolatlarning oldini olish maqsadida Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining ijrosini ta'minlash maqsadida voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment to’lashi ko’rsatilgan qarzdorlar bilan profilaktik suhbatlar olib borilmoqda. Qonunchilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan tushuntirishlar berilgach, aliment qarzdorlardan undirilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi ish yurituvida bo’lgan fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining 22.05.2019 yildagi sud buyrug’iga asosan qarzdor A.Niyozovdan undiruvchi N.Niyozova (Kimsanova) foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish ko’rsatilgan.

Bo’lim xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida qarzdor A.Niyozovdan 21.12.2020 yil kuni 4.251.000 so’m miqdorida aliment pullari undirilib, undiruvchiga tilxat asosida topshirildi.

Bundan xursand bo’lgan fuqaro N.Niyozova o’z minnatdorchiligini bildirib, MIB Qo’shtepa tumani xodimlariga tashakkurnoma yozib berdi. Albatta bu tashakkurnoma MIB xodimlarining keyingi faoliyatida yanada shijoat bilan mehnat qilishiga undaydi.

QARZ UNDIRILDI

Fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining 03.11.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor D.Nurmatov va boshqalardan undiruvchi X.Mamatov foydasiga jami 46.350.000 so’m undirish belgilangan edi. Majburiy ijro byurosi Qo’shtepa tumani bo’limi xodimlarining sa'yi-harakatlari natijasida ushbu pul mablag’lari qazdorlardan 21.12.2020 yil kuni to’liq undirilib, undiruvchiga topshirildi.

Shuningdek, 2.317.500 so’m ijro yig’imi undirilishiga ham erishilib, ijro hujjati Qonunning 41-moddasi, 1-bandiga asosan tamomlandi.

 S. Toshboltayev,

Majburiy ijro byurosining Qo’shtepa tumani bo’limi boshlig’i, 3-darajali yurist.