Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2021 YILDA ISTIQBOLLI LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI
2020-12-23 19:24:31 202
Farg’ona viloyati hokimi X.Bozorov tomonidan o’tkazilgan apparat majlisida berilgan topshiriqlarga asosan, bugun Qo’shtepa tumani hokimligining majlislar zalida qishloq xo’jaligi yo’nalishida loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirda Qo’shtepa tumani hokimining iqtisodiyot, investitsiya va qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, tijorat banklari filiallari rahbarlari va tumandagi meva-sabzavotchilik va chorvachilik fermer xo’jaligi rahbarlari va ushbu masalaga aloqador mas'ullar ishtirok etdilar.
Uchrashuvni tuman hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari F.Urinov olib bordi va Qo’shtepa tumanida qishloq xo’jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, 2021 yilda tumanda meva-sabzavotchilik va chorvachilik sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish bo’yicha amalga oshirilishi dolzarb bo’lgan vazifalarga to’xtalib o’tdi.
Tadbir davomida Agrosanoat agentligining viloyatdagi vakili S.Ergashev tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.