Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-12-23 11:30:19    192

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 20 dekabr kuni “Farg’ona G‘ Kun.uz” saytida  «Ko’chamizga stolba o’rnatilmagan. Elektr tokini o’zimiz tomma-tom tortib kelganmiz»... sarlavhasi ostida tanqidiy murojaat chop etilgan edi.

Ushbu murojaatda: - «Assalomu alaykum, Kun.uz xodimlari. Qo’shtepa tumani, «Shakar» MFYdan murojaat yo’llamoqdamiz.

Bizning ko’chada 12 yildan buyon simyog’och yo’q. Mahalla ahli hashar yo’li bilan elektr tokini tomma-tom tortib olib kelganmiz. Qishlog’imizdagi mavjud muammoni TET xodimlari va hatto sektor rahbarlari ham bilishadi. Lekin negadir amaliy natija yo’q» - deya shikoyat qilingan.

Qo’shtepa tumani, Shakar mahalla fuqarolar yig’inidan yo’llangan ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan, joyiga borgan holda o’rganib chiqildi.

O’rganish jarayonida Shakar mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Yangicheklarda mahalla ahli hashar yo’li bilan elektr tokini tomma-tom tortib olib kelganliklari aniqlandi.

Yangicheklarda aniqlangan ushbu kamchiliklar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangi qurilish dasturi to’g’risida”gi PQ-2661-sonli qaroriga asosan, “Farg’ona XETK” AJning davlat dasturiga kiritilib, belgilangan tartibda bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi murojaatchilarga tushuntirilganligini ma'lum qilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.