Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOVG’ALAR TO’PLAMI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLAJONLARGA TOPSHIRILDI

×

 2020-12-04 20:35:51    155

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida «3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni» keng nishonlandi. Joylarda bir qator tadbirlar amalga oshirilib, imkoniyati cheklangan, o’zgalar yordamiga muhtoj nogironligi bo’lgan shaxslarning holida xabar olindi.

Jumladan, tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari kuni kecha tuman maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi 14-ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurib, Prezidentimizning sovg’alar to’plamini imkoniyati cheklangan bolajonlarga topshirdilar. Tashkilotga televizor va 20 nomdagi  rivojlantiruvchi o’yinchoqlar to’plami taqdim etildi. Davlatimiz rahbarining bunday g’amxo’rliklari bolajonlarga olam-olam quvonch xadya etdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.