Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JURNALIST VA BLOGERLAR TUMANIMIZDA
2020-12-04 17:31:41 211
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan viloyatimizda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh OAV vakillari va blogerlar bugun Qo’shtepa tumaniga tashrif buyurishdi.
Press-tur davomida tadbir ishtirokchilari tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari Bahromjon Qurbonov boshchiligida Qo’shtepa tumanining Qamishtepa va Do’rmon massivlarida davom etayotgan bunyodkorlik ishlari, hududda aholi turmush darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Qo’shtepa tumanida bu yil jami 130 xonadonli, jumladan, har biri 5 qavatli, 30 xonadonli bo’lgan uy-joylardan 3 ta (jami 90 ta) hamda 40 ta 4 sotixli (0,04 ga) yer uylar qurilishi rejalashtirilgan.
Shundan, ko’p qavatli uylar, 1-sektor, Qamishtepa massivida 2 ta, 2-sektor, Xumdon massivida 1 ta, 4-sektor, Do’rmon massivida 40 ta 4 sotixli (0,04 ga) yer uylar qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, bugungi kunda qurilish ishlari yakunlanmoqda.
Ushbu uy-joylar qurilishi bilan tumandagi 130 ta uy-joyga ehtiyoji bo’lgan oilalar uy bilan ta'minlanib, ularning uy-joy sharoiti yaxshilanishiga erishiladi.
Muxtasar aytganda, mazkur qurilayotgan ko’p qavatli va namunaviy uylar qishloqlar ko’rkiga ko’rk qo’shmoqda va aholining turmush tarzini yanada yaxshilanishiga hamda faravon hayot kechirishlariga xizmat qilayotir.
Press tur doirasida va Qo’shtepa tumanini "qizil" hududdan chiqarish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi I.Novikov ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi.
Matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi.
Jurnalist va blogerlarning Qo’shtepa tumanining Qamishtepa va Do’rmon massivlarida davom etayotgan bunyodkorlik ishlari, hududda aholi turmush darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish, matbuot sohasini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bir qator taklif va savollariga tuman hokimi batafsil javob berdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.