Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOMIYLIK YORDAMI KO’RSATILDI
2020-10-27 22:14:41 244
Bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman kengashining mas'ul xodimlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tadbirkor M.Eraliyevlar “Katta Boltako’l” mahalla fuqarolar yig’ini Yoshlik ko’chasi, 44-uyda yashovchi M.Tilavoldiyevning xonadonida bo’ldilar. Miya saratoni bilan kasallanib, bir necha oydan buyon og’ir ahvolda yotgan bemor, 1998-yilda tug’ilgan Islombek Tilavoldiyevning xolidan xabar olishib, uning davolanishi uchun 7 million 700 ming so’m xomiylik yordamini topshirdilar.
Shuningdek, “Vatan” mahalla fuqarolar yig’ini, Katta Boltako’l ko’chasi, 52 uyda yashovchi, mahalla “Temir daftariga” kiritilgan Yo.Mamarasulovning xonadonida ham bo’lishdi. Ushbu oilaning farzandi T.Nishonovning nikoh to’yi munosabati bilan 1 million 500 ming so’m homiylik yordami ko’rsatildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.