Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI: 1-SEKTOR XABARLARI QISQA SATRLARDA

×

 2020-10-23 16:30:34    267

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholining turli qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida sayyor qabul o’tkazdi.

Sayyor qabul davomida 9 nafar fuqarolarning turli sohaga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatchilarning 2 nafariga asosli tushuntirishlar berilib, 7 ta murojaatni o’rganib chiqib ijobiy hal etish uchun muddatlar belgilandi va mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qilayotgan 1-sektor shtabi “Temir daftari”ga kiritilgan oilalarda ularni ehtiyojmandlar ro’yxatidan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

1-sektor rahbari mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi savdo do’konlarida bo’lib, aholiga yetkazib berilayotgan eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi va ularning narx-navosi bilan tanishdi. Sotuvchilarga sotilayotgan mahsulotlar narxini asossiz oshib ketmasligi hamda sanitariya va gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etish kerakligi yuzasidan ko’rsatmalar berildi.

Tuman hokimi hududda faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Qumtepa issiq non” va “Muhammad Mumtoza baxti” mas'uliyati cheklangan jamiyatlarida bo’lib, ularning faoliyati va muammolari, kelajakdagi rejalari bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash, faoliyatlarini kengaytirish, yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’zining tegishli takliflarini berdi.

“O’zbek mahalla” va “Mo’yi muborak” qabristonlarida mavjud muammolar o’rganilib, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Ushbu qabristonlarni yanada obodonlashtirish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig’ini raisiga tegishli topshiriqlar berildi.

Qishloq xo’jaligi texnikalarini shudgorlash mavsumga tayyorlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, kuzgi shudgorlash ishlarini uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.