Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Pandemiya sharoitida saylovlarni o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari" mavzusida o’quv seminar o’tkazildi
2020-09-29 17:50:52 252
Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgust kungi №1033-sonli qarori asosida R.Tojiboyev hamda D.Olimovalar ishtirokida "Pandemiya sharoitida saylovlarni o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari" mavzusida tuman saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari raislari uchun o’quv seminar o’tkazildi.
O’quv seminar davomida, COVID-19 pandemiyasi davrida bo’shab qolgan o’rinlarga mahalliy Kengashlarga saylovlar o’tkazish jarayonida aholi salomatligini muhofaza qilish, saylovchilar va saylov tashkilotchilarining COVID-19 kasalligini yuqtirib olishini oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14- va 93-moddalariga asosan Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgust kungi №1033-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlariga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari bo’shab qolgan o’rinlarga saylovlarni tashkil qilish va uni o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 11 maydagi 0372-20-son SanQvaM raqamli “COVID-19” pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo’llanishi sharoitida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini tashkil qilish to’g’risidagi vaqtinchalik sanitariya qoida va me'yorlari” hamda mazkur Nizomga qatiy rioya etilishini ta'minlashlari to’g’risida ham to’xtalib o’tildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati