Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISHGA TAYYORGARLIK - DOLZARB VAZIFA

×

 2020-09-21 11:55:30    208

PDF yuklash
Chop etish


Odatda, xalqimiz qish g’amini yozda ko’radi. Axir mavsumning betalafot, ko’ngildagidek o’tishi bugungi sa'y-harakatlarga bog’liq-da. Shu bois Prezidentimiz tomonidan joriy yil 17 iyul kungi o’tkazilgan selektor yig’ilishida 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish bo’yicha bergan topshiriqlariga muvofiq, bu gal ham barcha jabhada taraddud tadbirlariga barvaqt kirishildi.

Qo’shtepa tumanida tuzilgan ishchi guruh joylarda bo’lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishmoqdalar.

Ishchi guruh yaqinda Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan tuman markaziy shifoxonasi, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 85-sonli QOP hamda tuman Stamatologiya bo’limida bo’lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdilar.

Bundan tashqari ishchi guruh a'zolari joriy yilning 18 sentyabr kuni tumandagi Kattaboltako’l mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan Paxtakor QVP (Qishloq vrachlik punkti), 2-umumta'lim maktabi, Bo’ston mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 32-umumta'lim maktabi, 42-umumta'lim maktabi, Vatan mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 6-umumta'lim maktabi va Qizilariq mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 1-umumta'lim maktablarida ham bo’lishib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

R.Abdullayev,

Qo’shtepa tumani Xalq qabulxonasi mudiri.