Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Giyohvandlikka qarshi kurashish - barchamizning ishimiz
2020-09-18 17:53:03 263
Inson sog’-salomat ekan, yangi maqsadlar sari intiladi, hayotida mazmun bo’ladi. Sog’liqni yo’qotish, ayniqsa, giyohvandlikka mubtalo bo’lish hayotni butkul izdan chiqaribgina qolmay, insoniyat genofondiga ham xavf soladi. Shuning uchun ham giyohvandlikka qarshi kurashish dunyo miqyosidagi global muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ham bu ofatga qarshi kurashish izchil yo’lga qo’yilgan.
Bugun Qo’shtepa tumani Vatan mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazilgan profilaktik tadbir ham aynan shu mavzuga bag’ishlandi. Tadbirda mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash viloyat boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari D.Ergasheva, Qo’shtepa tumani hokimining o’rinbosari - mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Komilov, tuman IIB boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari, mayor A.Qo’chqarov va Vatan mahalla fuqarolar yig’inining xodimlari, jamoatchi oqsoqollari, dasturxonchilar hamda faol ayollar ishtirok etdilar.
Profilaktik tadbir davomida aholining shaxsiy tomorqa ekin maydonida taqiqlangan, tarkibida giyohvand moddasi bo’lgan ko’knori va nasha o’simliklarini o’stirish va parvarishlash jinoyat ekanligi, ko’chalarda hamda xonadonlarda ko’knori, nasha ekish, parvarishlash mutlaqo taqiqlanganligi, buning uchun qonunda jazo belgilanganligi, shuningdek yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar tarbiyasiga jiddiy ahamiyat berish masalalari keng muhokama qilindi. Qolaversa, ushbu salbiy xolatga barham berish uchun mahalla, ko’cha, jamoatchilik joylarida monitoring o’tkazib, targ’ibot ishlarini kuchaytirib borish zarurligi haqida ham so’z yuritildi.
Muzokarada so’z olganlar mahallada giyohvandlikning oldini olishda hudud profilaktika inspektori bilan hamkorlik qilish kerakligini aytib o’tdilar. Giyohvandlikni oldini olishda qonunlarga yanada e'tibor berib, aholi o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqligi, bu borada barcha birdek mas'ul ekanligi takidlandi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati