Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’Z DEPUTATLARGA

×

 2020-08-12 10:08:36    229

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, “So’z deputatlarga” rukni ostida tuman Kengashiga saylangan deputatlarimizning faoliyatlari bilan tanishtirib borishga harakat qilmoqdamiz.

Bugun 5-Qizilariq saylov okrugidan tuman Kengashiga saylangan deputat, Qo’shtepa tumanidagi 1-umumiy o’rta ta'lim maktabining nemis-ingliz tillari fani o’qituvchisi Xabibaxon Parpiyevaning fikr mulohazalari bilan tanishamiz.

 DEPUTATLIK MANSAB YOKI MARTABA EMAS balki fidoyilik, xalq tashvishiga kamarbastalik demakdir

Yurtimizda “Yangi O’zbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida bo’lib o’tgan saylovlar natijasida respublikamizda demokratik islohotlarni yuqori bosqichga olib chiqish uchun zarur bo’lgan yangi siyosiy muhit vujudga keldi.

Saylovlardan so’ng 5-Qizilariq saylov okrugida Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman kengashi deputati sifatida o’z faoliyatimni boshlab, muhtaram Prezidentimizning “Qaysi partiyaga mansubligidan qat'iy nazar, barcha yurtdoshlarimizni birlashtiradigan yagona va mushtarak maqsad - bu jonajon O’zbekistonimiz, uning buyuk kelajagidir. Ayni shu maqsad  hammamizni ona yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishga da'vat etadi” degan so’zlarini o’zimga shior qilib oldim.

Joriy yil 17-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a'zolarini saylash bo’yicha xalq deputatlari Farg’ona viloyati, tuman va shahar kengashlarining qo’shma majlisida men ham ishtirok etdim. Senatorlarni saylashda ishtirok etar ekanman, xalq bilan davlat o’rtasidagi ishonchli ko’prik vazifasini mas'uliyat bilan bajarishim kerakligini yana bir karra his etdim. Deputatlik martaba emas, aksincha mas'uliyat, fidoyilik ekanligini, biz deputatlarning yelkasida esa juda katta zalvorli yuk borligini anglab yetdim.

Deputatlik faoliyatimni eng avvalo Qamishtepa va Qizilariq mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari, hududdagi profilaktika inspektori, 1-umumiy o’rta ta'lim maktabi ma'muriyati va o’qituvchilari bilan hamkorlikda yo’lga qo’ydim.

Bu yil butun dunyoda, qolaversa, mamlakatimizda ham tahlikali xolatni yuzaga keltirgan koronavirus kasalligiga qarshi kurashilmoqda. Yurtimizda hukm surayotgan koronavirus pandemiyasi davrida barchani karantin talablariga qat'iy rioya etishga da'vat qilish orqali tibbiyot fidoyilariga yelkadosh bo’lishda deputatlar ham o’rnak bo’lmoqdalar. Shu maqsadda 2020-yil 23-martdan boshlab mahalladagi savdo do’konlarida narx-navo bo’yicha monitoring o’tkazib kelmoqdamiz. O’zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari munosabati bilan mahalla faollari ishtirokida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdamiz.

Pandemiya davrida vaqtincha ishsiz qolgan, nogironligi bor, boquvchisini yo’qotgan, ko’p farzandli va ehtiyojmand oilalar, yakka yolg’iz yashaydigan fuqarolarning turmush tarzi o’rganildi. “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida tizimli-markazlashgan ishlar tashkillanib, ehtiyojmand oilalar mahallaning “Temir daftar”iga kiritildi. Bugungi kunda bunday oilalar yurtimiz tomonidan ko’rsatilayotgan mehr va e'tibordan, saxovat va ko’makdan chetda qolmasdan nazoratga olingan.

Qamishtepa mahallasida yashovchi kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalardan Sh.Suyarova, O’.Mirboboyeva, A.Qodirova, Qizilariq mahallasidan R.Madaminov, X.Xudoyberganovalar xonadoniga bepul issiqxonalar qurilib, kuz-qish mavsumiga tayyorlab qo’yildi.

Qizilariq mahallasida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolardan  Yo.Toshboyeva, S.Mamajonova, X.Xudoberganova kabi 8 nafar fuqarolarga 2-3 boshdan qo’y berildi. Xuddi shuningdek, boshqa ehtiyojmand oilalarga ham qora mol, parranda va pul ko’rinishidagi moddiy yordam ko’rsatildi.

Tibbiyot xodimlari bilan birga yakka yolg’iz bo’lgan fuqarolarga Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan yuborilgan dori-darmonlar qutisi o’z vaqtida topshirildi.

“Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” biz ta'lim sohasi xodimlarini ulkan vazifa va maqsadlarni amalga oshirishga chorlamoqda. Pandemiya davrida yosh avlodga onlayn saboq berishda qiyinchiliklarga duch keldik va internet tarmog’ining ishlash tezligi juda past ekanligiga guvoh bo’ldik. Shunga qaramasdan 1-umumiy o’rta ta'lim maktabining 8-sinf o’quvchilaridan G.Abdusattorova, S.Bakirjonova, 6-sinf o’quvchisi Sh.Yunusaliyevlar viloyat miqyosida o’tkazilgan tezkor onlayn nemis tili musobaqasida qatnashib, 55 nomdagi badiiy kitoblar, A.Navoiy asarlari, ingliz, nemis, rus tillaridan grammatik qo’llanmalar, lug’atlar kabi qimmatbaho kitoblar majmuasiga ega bo’ldilar. Ushbu sovg’alar 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida g’oliblarning xonadonlariga yetkazib berildi.

Bugungi kunda internet dunyo miqyosida tezkor, keng ommaga mo’ljallangan xizmat turiga aylangan. Shu bois, internet nafaqat ta'lim sohasida balki kundalik yangilik va voqyeliklardan tezroq xabardor bo’lish uchun ham har jabhada kerak bo’ladi. Tumanimiz aholisi uchun sifatli va yuqori tezlikdagi baza stansiyalarini ko’paytirish, ilg’or zamonaviy axborot-kommunikatsiya xizmatlarini yo’lga qo’yish tarafdoriman.

Yurtboshimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu yildan boshlab, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinishi ta'kidlangan edi. Bu jarayonda xususiy maktabgacha ta'lim  muassasalari ham bevosita ishtirok etadi. Ushbu muassasalarda ovqatlanish tizimini yangi inovatsiyalar asosida yangitdan tashkil etish, kaloriyali ovqatlar hamda miya faoliyatini yaxshi ishlashida kerak bo’ladigan vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlari o’rin olishiga e'tibor berish kabi masalalarni saylovoldi dasturimga kiritgan edim. Bundan tashqari, Toshkentdagi Gyote instituti bilan “Kelajakning hamkor maktablari” qatoriga Qizilariqda joylashgan 1-umumiy o’rta ta'lim maktabini kiritish uchun  amaliy chora-tadbirlarni olib bormoqdaman.

Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan barcha ezgu va xayrli ishlar xalqimiz manfaatiga xizmat qilar ekan, “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy bo’ladi”, degan ibora barcha-barchamizni ertangi yorug’ kunlar saodati sari yetaklashi shubhasizdir.

Xabibaxon Parpiyeva,

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati.