Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SOG’LIGINGIZ O’Z QO’LINGIZDA
2020-07-08 15:22:10 342
UYDA QOLING!
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo’yicha tizimli ishlar davom ettirilib, Qo’shtepa tumanida ham tegishli epidemiologik chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bu borada Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov rahbarligida SOVID-19 koronavirus infeksiyasining kirib kelishini va tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik choralar ko’rilmoqda.
Tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi va tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan o’zaro hamkorlikda savdo shoxobchalari va dorixonalarda, aholiga xizmat ko’rsatuvchi turli tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Targ’ibot tadbirlari davomida virusli kasalliklardan himoyalanish tartib-qoidalari yuzasidan qo’llanma shaklida tayyorlanib, kimyoviy ishlov berilgan bukletlar aholi orasida tarqatilmoqda. Qolaversa, aholini karantin qoidalariga qat'iy amal qilishlariga, besabab ko’chaga chiqmasliklariga, o’zi va yaqinlarining sog’lig’ini asrashga chaqirmoqdalar.
Bundan tashqari, tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan hududlarda doimiy tarzda dizenfeksiya ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Dehqon bozori”, savdo do’konlari, korxona va tashkilotlarda, fuqarolarning xonadonlari hamda yo’llarning qatnov qismlarida zararsizlantirish tadbirlari uzluksiz davom ettirib kelinmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.