Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BOLALAR KUNIGA MUNOSIB TUHFA
2020-06-01 17:57:56 164
1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 70 yildirki, butun dunyoda bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Har yili yoz faslining ilk kuni bog’u xiyobonlar, teatr va muzeylar, konsert zallari kichkintoylar bilan gavjum bo’lardi. Sport musobaqalari, turli qiziqarli viktorinalar yanada avj olardi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hozirgidek tarzda nishonlanishi hyech kimning xayoliga ham kelmagan edi.
Bayram munosabati bilan Qo’shtepa tumani hokimligi va O’zbekiston XDP tuman kengashi deputatlik guruhi a'zolari hamkorlikda markaziy shifoxonaga bemor bolajonlarni tabriklash maqsadida tashrif buyurdilar.
Markaziy shifoxonada 39 o’rinli bolalar bo’limi, 10 o’rinli shoshilinch pediatriya bo’limi va 11 o’rinli chaqaloqlar patologiyasi mavjud bo’lib, xozirgi kunda bu bo’limlarda o’pka zotiljami, o’tkir respirator kasalliklari, faringit va loringit bilan kasallangan 55 nafar bemor bolajonlar davolanmoqda.
Bugungi xayriya tadbiri karantin qoidalariga qa'tiy amal qilgan xolda o’tkazilib, shifoxonadagi bemor bolajonlarga quvonch ulashish maqsadida ularga esdalik sovg’alari ulashildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati